Ronaldu yana bir rekord o‘rnatdi
Sport
−
24 mart
2340Portugaliyalik futbol afsonasi Krishtianu Ronaldu 22 yil ketma-ket terma jamoa safida gol urgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi. Bu haqda “Instant Foot” X sahifasi xabar berdi.
Millatlar ligasining chorak final uchrashuvida Ronalduning goli Portugaliya terma jamoasiga Daniya terma jamoasini mag‘lub etishiga (5:2) va turnirning yarim finaliga yo‘l olishiga yordam berdi.
UEFA Millatlar ligasining 1/2 finalida Portugaliya terma jamoasi Germaniyaga qarshi bahs olib boradi. O‘yin iyun oyida bo‘lib o‘tadi.
Ronaldu Portugaliya terma jamoasida 2003 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Shu vaqt ichida u 217 ta uchrashuvda qatnashgan va bu ko‘rsatkich bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. U terma jamoa safida 136 ta gol urgan. Terma jamoa tarkibida Ronaldu 2016 yilgi Yevropa chempionati va 2018/2019 yilgi Millatlar ligasida g‘olib chiqqan.