Namanganda qo‘lga olinganlar DXX xodimlari edimi?

Jamiyat

image

O‘zlarini DXX xodimlari deya tanishtirib, bir fuqarodan 150 ming AQSH dollari talab qilgan 4 nafar firibgar qo‘lga olindi. 

Namangan viloyatining Chust tumanida yashovchi fuqaro 3 nafar sherigi bilan oldindan jinoiy til biriktirib, o‘zganing mulkini qo‘lga kiritishni reja qiladi. Ular avvaldan kuzatib yurgan, Chust tumanida yashovchi fuqaroning avtomobilida 200 ming AQSH dollari borligini bilib, uni to‘xtatishadi.

O‘zlarini DXX xodimlari deya tanishtirib, uni qo‘rqitishadi. Fuqaro pullar unga tegishli emasligini, ularni boshqa bir fuqaroga yetkazib berayotganini aytadi. Shundan so‘ng, soxta xodimlar haydovchiga tahdid qilib, 150 ming AQSH dollari berishini va bu haqida hech kimga xabar bermasa, hujjat rasmiylashtirmasdan qo‘yib yuborishlarini aytishadi. Aksincha bo‘lsa, uni qamoqqa olib, mashinasi musodara etilishi bilan qo‘rqitishadi.

O‘ljani qo‘lga kiritgan jinoiy guruh o‘ljani teng taqsimlab oladi. Qo‘rqib ketgan haydovchi esa, Qirg‘iziston Respublikasiga qochib ketadi. Pulning asl egasi bu haqida IIVga murojaat qilganidan so‘ng, firibgarlar qo‘lga olingan.

Mazkur holat bo‘yicha fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

DXX

Baholaganlar

845

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing