Ronaldu va Messi “The Best” uchun kimlarga ovoz berdi?

Sport

image
0:00
0:00
download

FIFA 2021 yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun berilgan ovozlar natijalarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra ovoz berishda ikkinchi o‘rinni egallagan Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi birinchi o‘ringa Neymarni (5 ochko), ikkinchi pog‘onaga Kilian Mbappeni (3 ochko) qo‘ygan. Har ikki futbolchi ham uning PSJdagi sheriklari hisoblanadi. Shuningdek, “Real” hujumchisi Karim Benzemani (1 ochko) 3-o‘ringa qo‘ygan.

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu esa yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida Robert Levandovskini tanladi. “Manchester Yunayted” vingeri “Chelsi” yarim himoyachisi Ngolo Kanteni ikkinchi, uning jamoadoshi Jorjinoni esa uchinchi o‘ringa joylagtirgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilgi “The Best” sovrini “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskiga nasib etdi. U 48 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan. 2-o‘rinni egallagan Messida 44, 3-pog‘onani band etgan Muhammad Salahda esa 39 ochko mavjud. Krishtianu Ronaldu esa terma jamoadagi gollari uchun, maxsus sovrin bilan taqdirlandi.

Ma’lumot uchun, ovoz berishda terma jamoalar sardorlari va bosh murabbiylari, OAV vakillari hamda muxlislar ishtirok etadi.


 


Maqola muallifi

Teglar

Messi Ronaldu The Best FIFA Levandovski

Baholaganlar

333

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing