Ronaldu va Messi odamlarning futbolga munosabatini o‘zgartirdi – Mbappe
Sport
−
09 Sentabr 2022 3764 1 daqiqa
Fransiya termasi va PSJ jamoasining 23 yoshli futbolchisi Kilian Mbappe jamoadoshi Lionel Messi va Angliyaning "Manchester Yunayted" klubida to‘p surayotgan portugaliyalik Krishtianu Ronaldu o‘rtasidagi qarama-qarshilik haqida gapirar ekan, ular muxlislarning futbolga nisbatan munosabatlarini o‘zgartirganini aytdi. Bu haqda Mbappening so‘zlariga tayanib, “The Wall Street Journal” nashri xabar berdi.
“Ular (Messi va Ronaldu) odamlarning futbolga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirdilar. Menimcha, shuning uchun ularning raqobati ko‘pchilikni hayajonlantiradi. Ular futbolga boshqacha yondashadi, hayotga boshqacha qarashadi. O‘n yildan ko‘proq vaqt davomida ular o‘zaro kurashdi. Men uchun bu bolaligim edi. Men ham o‘n yil davomida diqqat markazida bo‘lishga tayyormanmi? Menda tanlov yo‘q deb o‘ylamayman. Tormoz pedalim ishlamayapti”, degan Kilian Mbappe.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Mbappe PSJ safida barcha turnirlar doirasida 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urgan. “Transfermarkt” portali fransiyalik iqtidor egasini 160 million yevroga baholamoqda. Kilianning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025