Ronaldu va Kavani kerak emasmi? MYU yosh hujumchi olmoqchi

Sport

image

“Manchester Yunayted”da hujum chizig‘i bilan bog‘liq jiddiy muammolar bor. Ronalduning “qizil iblislar” safiga qaytishi bu muammoni battar chigallashtirib yubordi. Markus Reshford o‘tgan mavsumlardagi formasini yo‘qotdi. Bundan tashqari, manchesterliklarning umidi sifatida qaralayotgan Meyson Grinvud ham ma’shuqasini kaltaklagani uchun qamalib ketishi mumkin. “Borussiya Dortmund”dan katta ishonch bilan sotib olingan, Jeydon Sancho ham ishonchni oqlamadi.

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ralf Rangnikka ko‘ra, jamoa yozda yosh hujumchi bilan shartnoma imzolashi kerak. Sababi klubdagi asosiy hujumchilarning yoshi allaqachon 30 dan o‘tib bo‘lgan. Yozda shartnomasi tugaydigan, Edinson Kavani 37 ga to‘ladi. Katta ehtimol, unga yangilangan shartnoma taklif qilinmaydi.

“Qizil iblislar”ning asosiy yulduzi portugaliyalik Krishtianu Ronaldu ham yaqinda 37 ga to‘ldi. Ta’kidlanishicha, Ronaldu ham jamoadan ketmoqchi. Sababi MYU Yevropa Chempionlar ligasidan quruq qoladigan bo‘lsa, Krishtianu faoliyatning oxirgi yillarini Yevropa ligasida o‘ynab o‘tkazish niyatida emas. Hozirda Ronaldu Manchesterdagi kelajagi haqida jiddiy o‘ylamoqda.

Shularni inobatga olgan holda, Rangnik to‘g‘ri fikr bildirgan bo‘lishi mumkin. MYU  yangi davrni  yosh hujumchilar bilan boshlasa, istiqbolning yaxshiroq bo‘lishi ehtimoli yuqori. Ronaldu va Kavani ular futbol uchun qiladiganlarini qilib bo‘lishdi. Shuning uchun, tarkibni yoshartirib olish, foydadan holi bo‘lmaydi. Agar, aksincha bo‘lsa, yoshi o‘tgan hujumchilarga ishonch bildirilaversa, g‘alabalar uzoq muddatli bo‘lmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Ralf Rangnik “Manchester Yunayted”ga Ole Gunnar Sulsher o‘rniga tayinlangan edi. Biroq uning tayinlanishi “qizil iblislar” uchun unchalik omadli chiqqani yo‘q. Jamoa YeCHL yo‘llanmasidan quruq qolishi mumkin. Rangnikning shartnomasi yozgacha amal qiladi. Uning o‘rnini Maurisio Pochettino egallashi kutilmoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

MYu Ronaldu Kavani

Baholaganlar

52

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing