Chegaraga hujumdan ma’lumki, terrorchilik tahdidi real! — Igor Morgulov
Olam
−
20 noyabr 2019
6777Joriy yilning 6 noyabr kuni Tojikistonning “Sultonobod” chegara otryadi harbiy qismiga qarashli 4-“Ishqobod” chegara punktiga qurolli hujum qilingani, uning natijasida terrorchilarning 15 nafar yo‘q qilingani, 5 nafari qo‘lga olingani, to‘qnashuvda 5 nafar Tojikiston fuqarosi ham halok bo‘lganidan xabaringiz bor.
Oradan ikki hafta o‘tib, Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Igor Morgulov BMTdagi uchrashuvda bo‘lib o‘tgan qurolli hujumga munosabat bildirdi.
“Yaqinda ISHID jangarilarining Tojikistondagi chegara postiga uyushtirgan hujumi yana bir bor mintaqadagi terrorchilik tahdidi real ekanini tasdiqladi. Terrorchilar faolligi manbalaridan biri narkotrafikdan olingan daromad bo‘lib qolmoqda”, degan vazir o‘rinbosari.
U Afg‘onistonda tinchlikning tiklanishi SHHT hududidagi xavfsizlikni mustahkamlashning hal qiluvchi omili ekanini ta’kidlagan.
“Biz konstruktiv siyosiy muloqotni kengaytirish, ommaviy qirg‘in qurolini tarqatmaslik va qurollanish nazorati muammolarini samarali hal qilish, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, 2030 yilgacha barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va xalqlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlash muhim deb hisoblaymiz”, deydi Igor Morgulov.
LiveBarchasi