Ronaldu to‘p tepadigan klub Messi o‘ynaydigan jamoadan kuchli deb topildi

Sport

image

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu to‘p suradigan Saudiyaning “Al-Nasr” klubini argentinalik hujumchi Lionel Messi to‘p surayotgan Amerikaning “Inter Mayami” klubidan ham kuchliroq hisoblandi. Bu haqda “Opta” portali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 8 oktyabr kuni portal tadqiqot o‘tkazdi va natijalar bugun,11 oktyabr kuni e’lon qilindi. “Al-Nasr” “Opta”ning eng yaxshi futbol klublari reytingida 92-o‘rin, “Inter Mayami” esa 98-o‘rinda qayd etildi.

Shuningdek, reytingda Saudiyaning “Al-Hilol” klubi 34-o‘rinni egalladi. MLSning eng yaxshi jamoasi sifatida “Kolambus Kryu”dan 35-pog‘onani band etdi. 

Bu borada 1-o‘rinda Angliyaning “Manchester Siti” klubi qayd etildi. Keyingi o‘rinlarni “Real”, “Arsenal”, “Liverpul”, “Bayer” va “Inter” jamoalari egalladi. Reytingni tuzishda jamoalarning oxirgi o‘yinlardagi natijalari va erishgan yutuqlari asos qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Messi Ronaldu Portugaliya Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing