Ronaldu “Real”ga omad tiladi 

Sport

image

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Barselona”ga qarshi Ispaniya superkubogi finalida sobiq jamoasi “Real”ga omad tiladi. Bu haqda “qirollik klubi” Matbuot xizmati xabar berdi.

“Yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan final o‘yinida “Real”ga omad tilayman. Bunday ulkan tarixga ega jamoaning a’zolarini ko‘rish har doim yoqimli”, deydi Ronaldu.

Ma’lumot uchun, Ispaniya superkubogi o‘yinlari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tmoqda. 2009 yildan 2018 yilgacha “Real”da o‘ynagan Ronaldu 2022 yilning dekabr oyi oxirida mahalliy “Al-Nasr” futbol klubi a’zosiga aylandi. 

Eslatib o‘tamiz, “Real” va “Barselona” o‘rtasidagi superkubok finali 16 yanvarga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing