Ronaldu MYUning APLdagi birinchi mag‘lubiyatiga izoh berdi

Sport

image

Kecha, 25 sentyabr kuni “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Angliya chempionatining 6-turi doirasida “Aston Villa”dan uchralgan mag‘lubiyatga (0:1) o‘zining Instagram sahifasida izoh berdi.

“Bu faqat boshlanishi, lekin Premer ligadek kuchli chempionatda har bir ochko muhim. Biz zudlik bilan ushbu mag‘lubiyatga reaksiya ko‘rsatishimiz, diqqatni bir joyga to‘plashimiz va haqiqiy kuchimizni namoyish etishimiz kerak”, deydi Ronaldu.

Avvalroq, “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher 36 yoshli Krishtianu Ronalduning jismoniy holati va futbolchilik faoliyatini qachon yakunlashi mumkinligi haqida o‘z fikrini bildirgandi.

Ma’lumot uchun, portugaliyalik futbolchi “Manchester Yunayted”ga qaytganidan so‘ng, maydonga tushgan har bir o‘yinida gol urayotgan edi. Biroq, “Aston Villa” “qizil iblislar”dan gol o‘tkazib yubormadi va 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, manchesterliklarning 18 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga nuqta qo‘ydi.


Maqola muallifi

Teglar

APL Ronaldu EPL MU Skl'sher Bruno Fernandesh

Baholaganlar

477

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing