APL o‘tgan mavsumining eng yaxshi futbolchisi e’lon qilindi
Sport
−
10:43 259 1 daqiqa
“Manchester Yunayted” jamoasi sardori Bruno Fernandesh Angliya professional futbol ligasi (PFA) tomonidan 2025-2026 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda “SullyTalkz” nashri xabar berdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, portugaliyalik yarim himoyachi PFA tomonidan 2026 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Sovrinning rasmiy taqdimoti kecha, 25 avgust kuni kechqurun Manchesterda bo‘lib o‘tgan.
Fernandesh PFAning yilning eng yaxshi futbolchisi sovriniga da’vogar bo‘lgan olti nafar futbolchidan biri edi. Uning raqiblari “Manchester Siti”dan Rayan Sherki va Erling Holand, “Arsenal”dan esa Gabriel Magalyayns, David Raya va Deklan Rays bo‘lgan.
PFA sovrinining ahamiyati shundaki, g‘olib futbolchilarning o‘zlari tomonidan berilgan ovozlar asosida aniqlanadi.
Fernandesh avvalroq Premer-ligasining 2025-2026 yilgi mavsumida eng yaxshi futbolchi va mavsumning eng yaxshi pleymeykeri sovrinlarini ham qo‘lga kiritgan. U chempionatni 21 ta golli uzatma bilan yakunlab, Terri Anri va Kevin De Bryuyne o‘rnatgan 20 ta assistlik rekordni yangilagan. Shuningdek, portugaliyalik futbolchi 9 ta gol urgan.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” 2026-2027 yilgi Premer-liga mavsumini “Hall Siti”ga qarshi 0:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan boshlagan.
Live
Barchasi