Fernandesh MYUning shartnoma uzaytirish taklifini rad etdi 

Sport

image

Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi yarim himoyachisi va sardori Bruno Fernandesh klubning shartnomani uzaytirish bo‘yicha yaxshilangan taklifini rad etdi. Bu haqda jurnalist Sasha Tavoleri X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.  

Manbaga ko‘ra, ingliz klubi futbolchiga yillik maoshini 500 ming yevroga oshirishni taklif qilgan. Biroq bu miqdor Fernandeshni shartnomasini uzaytirishga ishontirish uchun yetarli bo‘lmagan.

Portugaliyalik yarim himoyachining “Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Ma’lumot uchun, Bruno Fernandesh 2020 yil yanvaridan buyon “Manchester Yunayted” safida to‘p tepib kelmoqda. O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

“Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, 30 yoshli futbolchining bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing