Ronaldu “Milan” bilan o‘yin yakunlanmasdan stadionni tark etdi
Sport
−
11 noyabr 2019
8322“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Milan”ga qarshi uchrashuv hali o‘z nihoyasiga yetmasdan stadionni tark etdi. Bu haqda “Football Italia” nashri xabar tarqatdi.
Uchrashuvning 55-daqiqasida Mauritsio Sarri Ronalduni almashtirgach, futbolchi zaxira o‘rindig‘iga o‘tirmay, kiyinish xonasiga yo‘l oldi. Ronalduning o‘rniga maydonga tushgan Paulo Dibala esa uchrashuvda yagona g‘alaba goliga mualliflik qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, 34 yoshli portugaliyalik forvard uchrashuv yakunlanmasdan stadionni tark etgan. Futbolchi ketma-ket ikkinchi o‘yinda ham to‘liq o‘ynamagani bois, noroziligini murabbiyga shu taqlid bildirgan.
Shahnoza To‘ramurotova
LiveBarchasi