Ronaldu koronavirusni yengdi

Sport

image

Turinning "Yuventus" futbol jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu koronavirusdan sog‘aydi. Bu haqda Italiya jamoasi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 35 yoshli portugaliyalik futbolchining koronavirusga topshirgan so‘nggi testida salbiy xulosa aniqlangan.

Shunday qilib, Ronaldu 19 kunlik izolyatsiyadan so‘ng safga qaytgan.

Ronaldu koronavirusga chalingani haqida 13 oktyabr kuni xabar berilgandi. 

Shu tufayli  futbolchi A Seriyada "Krotone" va "Verona"ga qarshi o‘yinlarni, shuningdek, Chempionlar Ligasi doirasidagi "Dinamo Kiyev" hamda "Barselona"ga qarshi uchrashuvlarni o‘tkazib yuborgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu koronavirus

Baholaganlar

279

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing