Ronaldu katta miqdorda pul yo‘qotishi mumkin

Sport

image

Jahon futboli yulduzi Krishtianu Ronaldu homiysidan ayrilishi mumkin. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, hujumchi Nike kompaniyasi bilan shartnoma majburiyatlarini unutib qo‘ygan. 38 yoshli futbolchi Nike bilan 10 yillik shartnomaga ega. 

Gap shundaki, portugaliyalik futbolchi “Al-Nasr”ning “Selta Vigo” bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga Amerika kompaniyasining asosiy raqobatchisi bo‘lgan Germaniyaning Adidas brendiga tegishli X Pro himoya vositalarida chiqqan.

“Krishtianu Ronaldu Amerika kompaniyasi bilan 147 million funt sterling (salkam 190 million dollar) bo‘lgan shartnomaga qaramay, u Adidas mahsulotlari bilan maydonga chiqdi. U, shuningdek, Nike kompaniyasining asosiy sportchilaridan biri bo‘lib, brend butsalarini targ‘ib qiluvchi bir nechta televizion reklama roliklarida suratga tushgan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Krishtianu Ronaldu endi Yevropaga qaytmasligini ma’lum qilgandi. U Angliya chempionatidan tashqari boshqa top-5 chempionatlari ancha kuchsizlanganini aytib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing