Ronaldu qimmatbaho samolyot sotib oldi
Sport
−
13 yanvar 2025 17832 1 daqiqa
Portugaliya terma jamoasi va “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 75 millon yevroga shaxsiy samolyot xarid qildi. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 5 karra “Oltin to‘p” sohibi Yaqin Sharq mamlakatlari va butun dunyoga sayohat qilish uchun “Gulftsream G650” rusumli aeroflot sotib oldi.
Ma’lumot o‘rnida, mazkur uchoq soatiga 610 mil tezlikka chiqa oladi. Samolyotda 19 ta yo‘lovchi parvoz qilishi mumkin. Shuningdek, 10 ta yo‘lovchi bortda yotoqxona xizmatidan foydalana oladi. Ronaldu ushbu uchoqni turmush o‘rtog‘i va farzandlari bilan birga sayohatlarga chiqish maqsadida xarid qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, 39 yoshli futbolchi yana bir tarixiy natija qayd etgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi