Ronaldu qachon faoliyatini yakunlashini aytdi
Sport
−
15 yanvar 2022
9782“Manchester Yunayted”ning 36 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu ESPN’ga bergan intervyuchida sport formasini saqlash borasidagi ishlari haqida gapirdi.
“Jismoniy jihatdan o‘zimni 30 yoshdagidek his qilyapman. Men tanam va ongimga g‘amxo‘rlik qilaman. So‘nggi 33 yilda agar kerak bo‘lsa, tanam menga yordam berishi mumkinligini angladim. Ammo haqiqiy jang psixologik jabhada. Yuqori darajada bo‘lishning asosiy talabi ko‘plab to‘siqlardan o‘tish va eng qiyin paytda ham g‘alaba qozonishga intilishdir. Bu mening so‘nggi bir necha yil davomida qilgan ishim. Men ishlayman va aqlga ko‘proq vaqt ajrataman. O‘z tanamni hurmat qilaman va tinglayman”, deydi Ronaldu.
Shuningdek, Ronaldu faoliyatini qachon yakunlamoqchi ekanini aytib o‘tdi:
“Hayotda muhim daqiqalar bo‘lishi kerak – yomon va yaxshi. Lekin yiqilganda, ko‘tarilish uchun kuchga ega bo‘lish zarur. Hayotimdan xursandman va nima bo‘lishini ko‘rmoqchiman. Men 40, 41 yoki 42 yoshgacha o‘ynay olamanmi, yoki yo‘q, shuni bilmoqchiman. Lekin eng muhimi, mening kundalik maqsadim, har lahzadan zavq olishdir”.
Eslatib o‘tamiz, Ronalduning onasi Doloresh Aveyru o‘g‘li hayotdan zavq olmoqchi ekani va qirq yoshga qadar futbol o‘ynashini ta’kidlagan edi.
LiveBarchasi