Ronaldu Drogbaning rekordini takrorladi

Sport

image

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Angliya Premer ligasining 10-turidan o‘rin olgan “Tottenxem”ga qarshi o‘yinda (3:0) bitta gol urib, golli uzatmani amalga oshirdi va ushbu natija evaziga rekord qayd etdi.

Gap shundaki, portugaliyalik futbolchi bu natijani 36 yosh 267 kunlik bo‘lganida qayd etdi. U so‘nggi 7 yilda Premer liga o‘yinida gol+pas olgan eng keksa futbolchiga aylandi. Bunga qadar 2014 yilning dekabr oyida “Chelsi” futborlchisi Dide Drogba 36 yosh 267 kunlik bo‘lganida “Tottenxem”ga qarshi o‘yinda gol va assistni amalga oshirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu faoliyatida 11-marta “shporlar” darvozasini ishg‘ol qildi. 36 yoshli portugaliyalik futbolchi hech bir ingliz klubiga bu qadar ko‘p gol urmagan. Bundan tashqari, Krish ketma-ket 6 o‘yindan beri “Tottenxem”ga gol urib kelmoqda.

Ma’lumot uchun, g‘alaba evaziga o‘z hisobidagi ochkolar sonini 17 taga yetkazib olgan “Manchester Yunayted” turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Tottenxem” esa 15 ochko bilan 8-o‘rinni egallab turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

APL Manchester Yunayted Ronaldu Tottenxem

Baholaganlar

452

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing