Ronaldu Benzema va Kantega qarshi “Ikki muqaddas masjid qo‘riqchisi” kubogi uchun kurashadi

Olam

image

Joriy yil boshida Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubiga o‘tgan portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu 2022/2023 yilgi mavsum yakunida Jiddaning “Al-Ittihod” klubi bilan shartnoma imzolagan fransiyalik futbolchilar Ngolo Kante va Karim Benzemaga qarshi “Ikki muqaddas masjid qo‘riqchisi” kubogi uchun bahs olib boradi.

Mazkur kubokni o‘tgan mavsum yakunida Kante va Benzema to‘p suradigan “Al-Ittihod” klubi yutib olgandi. Sovrindorlarga chempionat oltin medallari bilan birga 5 million riyol (1,3 mln dollar) ham taqdim etilgandi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, yangi, 2023/2024 yilgi mavsumda katta ehtimol bilan tarkibini yulduz futbolchilarga to‘ldirayotgan riyodliklar va jiddaliklar bir biriga potensial raqib bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, kubokning nomlanishi Islomiy mamlakat hisoblangan Saudiya Arabistonidagi ikki muqaddas masjid, Masjidul Haram va Masjidul Nabaviy nomlari bilan uzviy bog‘liqdir. Ularning qo‘riqchilari (egalari) Ayyubiylar sulolasi hisoblanadi va sovrin aynan ular tomonidan moliyalashtiriladi.

Islom dinini tan olgan Jidda klubidagi jamoadosh fransiyaliklar Kante va Benzema uchun bu kubok ancha qadrli bo‘lishi aniq. Biroq e’tiqod jihatidan oraliqda bo‘lgan Ronaldu esa chempionlikka qay darajada oshiqishi noma’lum.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ronaldu Benzema Kante

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing