Ronaldu 39 yoshida nimani orzu qilayotganini aytdi
Sport
−
12 iyun
18150Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Irlandiya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Gol urish yoqimli, men bundan zavq olaman. Bilaman, men futbolda ko‘p qolmayman. 35 yoshga to‘lgandan keyin yildan-yilga o‘ynash o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi. Men esa hozir 39 yoshdaman va shu yoshda ham terma jamoada ekanligimdan xursandman. Gol urish mening DNKmda bor. Asosiysi, o‘z ishini sevishdir. Mening terma jamoaga bo‘lgan muhabbatim abadiy. Shu yoshimda terma bilan sovrin yutishni orzu qilaman”, deydi.
Qayd etish joiz, Portugaliya-Irlandiya bahsi 3:0 hisobida portugallarning g‘alabasi bilan yakunlandi va Krishtianu uchrashuvda raqib darvozasiga 2 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Shunday qilib, Portugaliya navbatdagi o‘yinini Yevropa chempionatida o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, 2024 yilgi Yevropa chempionati Germaniyada bo‘lib o‘tadi. Turnir 14 iyundan 14 iyulga qadar davom etadi. Guruhlarda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar, shuningdek, to‘rtta eng yaxshi 3-o‘rin egalari 1/8 finalga yo‘l oladi. Turnirning pley-off bosqichi Olimpiya tizimi bo‘yicha, mag‘lublarni turnirdan chiqarib tashlash bilan o‘tkaziladi. Portugaliya musobaqaning dastlabki turida “F” guruhida Chexiya bilan bahs olib boradi. Portugaliya-Chexiya o‘yini 19 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronaldu professional o‘yinlar soni bo‘yicha mutlaq jahon rekordini o‘rnatgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi