Ronalduning 982-goli bekor qilinişi mumkin
Sport
−
10:53 363 2 daqiqa
Portugaliyalik futbol yulduzi Kriştianu Ronalduning faoliyatidagi 982-goli bekor qilinib, avtogol deb qayta tasniflanişi mumkin. Bu haqda “Opta” statistik portali xabar berdi.
Portal özining rasmiy sahifalarida golni avtogol sifatida qayta tasniflagan. Hodisa joriy yilning 23 oktyabr kuni Saudiya Arabistoni Pro-ligasi doirasida “Al-Nasr”ning “Al-Faysaliy” ustidan 3:1 hisobidagi ğalabasi paytida sodir böldi.
Bahsli vaziyat 49-daqiqada yuz berdi. Joau Feliks jarima zarbasidan töpni jarima maydonçasiga uzatdi, Ronaldu esa boşi bilan darvoza tomon yölladi. Biroq töp “Al-Faysaliy” himoyaçisi Andre Jirottoga tegib, yönalişini özgartirdi va darvozaga kirib ketdi.
“Opta” golni himoyaçining avtogoli sifatida qayd etdi. “Sofascore” va “FotMob” kabi boşqa statistik platformalar ham uşbu vaziyatni avtogol deb baholadi. Biroq musobaqaning rasmiy sahifalarida bu gol Ronalduning professional faoliyatidagi 982-goli sifatida qayt etildi.
“Opta” portali hisob-kitoblariga köra, Ronaldu faoliyati davomida 1000 ta gol uriş uçun yana 19 ta gol kiritişi kerak. Biroq Saudiya Arabistoni Pro-ligasining amaldagi statistik tasnifida uning gollari soni 982 ta deb körsatilgan bölib, bu hisob böyiça marraga yetiş uçun yana 18 ta gol talab etiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kriştianu Ronalduning faoliyatidagi 981-golini Farğonaning “Neftçi” jamoasi darvozasiga kiritgandi.
Live
Barchasi