“Neftchi” safarda “Al-Nasr”ga mag‘lub bo‘ldi

Sport

−

image

Kecha, 12 oktyabr kuni Osiyo Chempionlar ligasi elit turniri umumiy bosqichining 2-turida O‘zbekistonning ikki klubi maydonga tushdi. Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi safarda Saudiya Arabistonida “Al-Nasr”ga mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, “Paxtakor” o‘z maydonida “Al-Qodisiya” bilan durang o‘ynadi.

Ar-Riyod shahridagi “Al-Avval Park” stadionida o‘tgan “Al-Nasr” – “Neftchi” uchrashuvi mezbonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Birinchi bo‘limda “Al-Nasr” ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 33-daqiqada Anjelo hisobni ochgan bo‘lsa, tanaffus arafasida Krishtianu Ronaldu farqni ikkitaga oshirdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida “Neftchi” hisobni qisqartirishga erishdi. 51-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Alisher Odilov farg‘onaliklarning yagona golini urdi. Biroq 65-daqiqada Ikrom Aliboyev to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

Bir kishi kam bo‘lib qolgan “Neftchi” 78-daqiqada yana bir bor gol o‘tkazib yubordi. Jamoa sardori Anvar G‘ofurov to‘pni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi. Qolgan daqiqalarda hisob o‘zgarmadi va “Al-Nasr” muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida o‘tgan bahsda mezbonlar Saudiya Arabistonining “Al-Qodisiya” jamoasi bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi.

Uchrashuvda hisob 35-daqiqada ochildi. Mehmonlar yarim himoyachisi Tijani Reynders Kristofer Baahning uzatmasidan keyin to‘pni darvozaga yo‘lladi.

“Paxtakor” mag‘lubiyatdan so‘nggi daqiqalarda qutulib qoldi. 89-daqiqada Dostonbek Hamdamov penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi.

Shu tariqa, ikki turdan keyin “Paxtakor” hisobida 2 ochko mavjud bo‘lib, jamoa G‘arbiy mintaqada 9-o‘rinni egallab turibdi. “Neftchi” esa 3 ochko bilan mintaqaviy jadvalda 7-o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing