Ronaldu tarixdagi eng yaxşi “Oltin töp” sohibi deb topildi

Sport

−

image

Portugaliya terma jamoasi hujumçisi Kriştianu Ronaldu “Oltin töp” sovrini tarixidagi eng yaxşi ğolibini aniqlaş uçun ötkazilgan ovoz berişda ğolib çiqdi. Bu haqda “France Football” jurnali matbuot xizmati xabar berdi.

Taşkilotçilar tarixdagi eng yaxşi “Oltin töp” sohibini aniqlaş uçun pullik ovoz beriş jarayonini boşladi. Har bir ovoz uçun bir yevro tölangan. Ovoz berişda Ronaldu 2008 yilda qölga kiritgan “Oltin töp” sovrini ğolib deb topildi. Öşa paytda u “Mançester Yunayted” safida töp surib, Angliya Premer-ligasi va Çempionlar ligasida ğalaba qozongan edi. Bu portugaliyalik futbolçining faoliyatidagi ilk “Oltin töp” bölgan. Keyinçalik u yana tört marta uşbu sovringa sazovor böldi.

Ovoz beriş natijalariga köra, 2008 yilgi sovrin 75 foiz ovoz töplagan. Eng yaxşi uçlikdan 2012 yilgi Lionel Messi va 2017 yilgi Kriştianu Ronalduga berilgan sovrinlar ham joy olgan.

Ma’lumot uçun, 41 yoşli Ronaldu beş karra Çempionlar ligasi ğolibi, Yevropa çempioni va Millatlar ligasining ikki karra ğolibidir. U milliy terma jamoalar, Yevropa çempionatlari, Çempionlar ligasi va klublar örtasidagi jahon çempionati tarixida qator töpurarlik rekordlariga ega.

Ronaldu 2022 yil dekabridan buyon Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubida öynab kelmoqda. U faoliyati davomida “Sporting”, “Mançester Yunayted”, “Real Madrid” va “Yuventus” klublari şarafini ham himoya qilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing