Ronaldu 2023 yilda eng ko‘p daromad olgan sportchiga aylandi

Sport

image

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu 2023 yilda eng ko‘p daromad qilgan sportchi bo‘ldi. Bu haqda “Sportico” jurnali ma’lum qildi.

Jurnal 2023 yilda eng ko‘p maosh oluvchi 100 nafar sportchi reytingini tuzib chiqdi. 1-o‘rinni 275 million yevro daromad bilan “Al-Nasr” hujumchisi egallagan bo‘lsa, yana bir afsona Lionel Messi esa 130 million yevro bilan 3-pog‘onani band etgan.

Reyting:

1. Krishtianu Ronaldu (futbol) – 275 million yevro (215+60);

2. Jon Ram (golf) – 203 million yevro (181+22);

3. Lionel Messi (futbol) – 130 million yevro (65+65);

4. LeBron Jeyms (basketbol) – 125,7 million yevro (45,7+80);

5. Kilian Mbappe (futbol) – 125 million yevro (100+25);

6. Neymar (futbol) – 121 million yevro (86+35);

7. Stiven Karri (basketbol) – 98,9 million yevro (48,9+50);

8. Jannis Antetokunmpo (basketbol) – 88,4 million yevro (43,4+45);

9. Kevin Dyurant (basketbol) – 86,9 million yevro (44,9+42);

10. Patrik Mahomes (Amerika futboli) – 84,3 million yevro (59,3+25);

Yuztalikka basketbolchilar (40 kishi), keyingi o‘rinlarda futbolchilar (16) va beysbolchilar (13) kirgan. Shuningdek, reytingdan Amerika futboli vakillari (11), golfchilar (10), bokschilar (6), poygachi va tennischilar (2) o‘rin olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Krishtianu Ronaldu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made