Ronaldu 1 yanvardan Saudiya klubi futbolchisiga aylanadi – OAV

Sport

image
0:00
0:00
download

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu 1 yanvar kuni Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" futbol klubiga o‘tadi. Bu haqda 5 dekabr kuni Ispaniyaning "Marca" nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, shartnoma 2,5 mavsumga mo‘ljallangan.

21 noyabr kuni Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi portugaliyalik futbolchi bilan shartnomani o‘zaro kelishuv asosida bekor etganini ma’lum qildi. Ronaldu jurnalist Pirs Morganga bergan intervyusida MYU tizimini, futbolchi va murabbiylarni tanqid qilgan. Oqibatda klub futbolchi bilan shartnomani bekor qilish qaroriga kelgan.

Ma’lumot uchun, Ronaldu hozirda 37 yoshda, u 5 karra "Oltin to‘p" sohibi, 5 karra Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibi hisoblanadi. Shuningdek, terma jamoa bilan Yevropa chempionati va Millatlar ligasida g‘olib chiqqan. Hujumchi “Manchester Yunayted”ga 2021 yilning yozida kelib qo‘shilgandi, bungacha Krishtianu "qizil iblislar" safida 2003-2009 yillarda o‘ynagan. Faoliyati davomida u Portugaliyaning "Sporting", Ispaniyaning "Real" va Italiyaning "Yuventus" klublarida to‘p surgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu MYU

Baholaganlar

545

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing