Toshkentda 2 yashar bola 4-qavatdan tushib ketdi
Jamiyat
−
15 Oktabr 2019
9046Toshkent shahrida 2 yoshli bola baxtsiz hodisa natijasida halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 13 oktyabr kuni soat 11:13 da 102 raqamiga xabar kelib tushgan. Unga ko‘ra, Chilonzor tumanida 2 yoshli M.M. yotoqxonada qarovsiz qoldirilganida, bola karavotga chiqib, deraza tokchasiga o‘tib olgan. Deraza esa ochiq bo‘lgan va bola 4-qavatdagi xonadon derazasidan yiqilib tushgan. Natijada bola olgan tan jarohatlari sababli, u hayotdan ko‘z yumdi.
“Hurmatli ota-onalar, sizlardan yosh bolalarni derazasi ochiq qolgan xonalarda yolg‘iz qoldirmaslikni so‘raymiz. Shuningdek, bolalar chiqib olishi oson bo‘lgan mebel, stul va boshqa buyumlarni derazaga zichlab joylashtirmang. Moskit to‘rlarining musahkamligiga ishonib qolmang – ularning aksariyati bolaning og‘irligiga bardosh beradigan darajada mustahkam emas. Ko‘plar xonadon balkonida balandligi deraza tokchasigacha yetadigan taxtalar o‘rnatishadi. Bu ham baxtsiz hodisaga sabab bo‘lishi mumkin. Bu kabi holatlar yuz bermasligi uchun sizlarga derazalar ortiga panjaralar o‘rnatishni, hamda oynalarga mustahkam bolalar cheklagichlarini o‘rnatishni tavsiya etamiz”, deb ogohlikka chaqirgan IIBB.
LiveBarchasi