Toshkentda qariyb ming dona “tabletka”ni sotishga uringanlar qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
10:55 515 1 daqiqa
Toshkent shahrida Gentra avtomobili yukxonasida sotish maqsadida olib ketilayotgan 978 dona “Regapen” dori vositasi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida fuqaro B.A. boshqaruvidagi Gentra avtomobili tekshirilganda, uning yukxonasida sotish maqsadida olib ketilayotgan 978 dona “Regapen” dori vositasi aniqlanib, ushbu dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-6-moddasi (giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumani hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumanida noqonuniy dori vositalarini saqlash, tayyorlash va sotish bilan bog‘liq holatlar aniqlangandi.
Live
Barchasi