Ronaldu ham Messi kabi shaxsiy qo‘riqchi ishga oldi

Sport

image

Portugaliya terma jamoasi va “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu shaxsiy xavfsizligini kuchaytirdi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Ronalduning bu qarorga kelishiga futbolchiga ijtimoiy tarmoqlarda tahdidlar kelib tushgani sabab bo‘lgan. 

Qayd etilishicha, Ronaldu va uning oilasi Saudiya Arabistonida ekanligi taxmin qilingan guruh tomonidan talonchilik va “shantaj” qilish bilan tahdid qilingan. Shu sababli futbolchi o‘zining shaxsiy qo‘riqchisi sifatida harbiy amaliyotlarda yuqori tajribaga ega sobiq portugaliyalik askar Migel Viazni ishga oldi.

Ma’lumot o‘rnida, jahon futboli yulduzi Lionel Messi ham o‘z shaxsiy qo‘riqchisiga ega va uning ismi Yassin Cheuko.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Ronaldu kino sohasiga ham qadam tashlagani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu shaxsiy qo'riqchi sotib oldi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing