Ronaldino, Ronaldo, Krishtianu va Messilar porlagan chempionat endi irqchilarnikiga aylandi – Vinisius
Sport
−
22 may 2023
6740“Real” hujumchisi Vinisius Junior Ispaniya La Ligasida irqchilik avj olganini aytdi. Braziliyalik futbolchi Ispaniya chempionatining 35-turidan o‘rin olgan “Valensiya”ga qarshi o‘yinda (0:1) tribunadagi muxlislar tomonidan haqorat qilindi, uchrashuv yakunida futbolchi qizil kartochka oldi.
“Bu ko‘p bor takrorlandi. Irqchilik La Ligada oddiy holga aylangan. Liga chora ko‘rmayapti va irqchilar bundan foydalanyapti. Afsuski, Ronaldino, Ronaldo, Krishtianu va Messilar porlagan chempionat endi irqchilarnikiga aylandi. Ispanlardek ajoyib millat hozirda rasizmga qarshi chiqmayapti. Har hafta ro‘y beradigan bu holatdan menda himoya yo‘q. Men kuchliman va irqchilarga bosh egmayman. Kerak bo‘lsa, bu yerdan uzoqlashaman”, deb yozdi Vinisius ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Ispaniya chempionatining ortda qolgan 35-turidan keyin “Real” turnir jadvalida 71 ochko bilan 3-pog‘onada bormoqda. Qirollik klubining ochko yo‘qotishidan hamshaharlari “Atletiko” unumli foydalanib, jadvalda 2-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.