Ronaldino Messi sabab “Barselona”ni tark etganmi?

Sport

image

Belarusiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Aleksandr Gleb Ktaloniyaning "Barselona" klubiga o‘tishni xohlamagani va klubdagi muhit haqida gapirib o‘tdi.

"Men "Barselona"ga ko‘chib o‘tganimda, u yerda Anri bilan bir muddat birga yashadim. U menga "Xohlaganingcha turaver" deb aytgan. Lekin, u bilan yashash zerikarli edi. 1 oydan keyin o‘zim alohida chiqib ketganman.

Rostini aytsam dastlab "Barselona"ga o‘tishni xohlamaganman. Menda ikkita variant bor edi. "Bavariya"ga ko‘chib o‘tish yoki "Arsenal"da qolish. Pep Gvardiola menga qo‘ng‘iroq qilib, Kataloniyaga ko‘chib o‘tishimga ko‘ndirdi.

"Barselona"da muhit boshqacha edi. Bir kuni mashg‘ulotlarga Ronaldino va Deku masto holda keldi. Klub rahbariyati Messiga bu holat ta’sir qilishidan qo‘rqib, har ikkala futbolchini sotib yuborishga qaror qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Ronaldin'o Aleksandr Gleb Deku

Baholaganlar

98

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing