Ronaldino haqida hujjatli film olinadi

Sport

image

Netflix afsonaviy braziliyalik futbolchi Ronaldino haqida “Yagona va yagona” nomli hujjatli film suratga olishini tasdiqladi. Bu haqda “Versus” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra braziliyalik futbol afsonasi haqidagi film uch qismdan iborat bo‘ladi va joriy yilning 16 aprel kuni namoyish etiladi. Unda ilgari hech qachon ko‘rsatilmagan arxiv kadrlari, shuningdek, Lionel Messi va Roberto Karlos bilan intervyular o‘rin oladi. 

Filmda Ronaldinoning faoliyatidagi eng yorqin va murakkab lahzalar, shuningdek, uning qanday qilib futbol tarixidagi eng ko‘p sovrin yutgan o‘yinchilardan biriga aylangani haqida hikoya qilinadi.

Arxiv kadrlari bilan birga, hujjatli filmda Ronaldinoning bugungi hayoti va sahna ortidagi voqealar ham ko‘rsatiladi.

Mazkur loyiha Netflix tomonidan Braziliyaning futbolga bo‘lgan muhabbati haqida suratga olinayotgan uchta filmning biri hisoblanadi. Qolgan ikkita loyiha – “USA 94: Braziliyaning shon-shuhratga qaytishi” va “O‘yinning ildizi” bo‘lib, ular jahon chempionati arafasida namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Futbol tarixidagi eng mashhur shaxslardan biri bo‘lgan Ronaldino haqidagi ushbu hujjatli film Netflix platformasida futbolga bag‘ishlangan boshqa loyihalar qatoriga qo‘shiladi. Ular orasida AQSH ayollar terma jamoasi hamda Vinisius Junior haqidagi hujjatli film ham bor.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldin'o Netflix hujjatli fil'm

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing