Romano “Real” bosh murabbiyi lavozimiga munosib nomzodni e’lon qildi
Sport
−
13 yanvar 2573 1 daqiqa
“Liverpul” klubining sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp “Real Madrid” bosh murabbiyi lavozimi uchun munosib nomzod sifatida qaralmoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Klopp “Real Madrid” rahbariyati orasida katta hurmatga ega. Ayniqsa, klub prezidenti Florentino Peres germaniyalik mutaxassisni yuqori baholaydi va uni Madridga olib kelish g‘oyasini doim qo‘llab-quvvatlab kelgani ta’kidlanmoqda.
Shu bilan birga, Peres Zinedin Zidanni ham yuqori qadrlashi ma’lum qilingan. Biroq fransiyalik mutaxassis 2026 yilgi Jahon chempionatidan so‘ng Fransiya milliy terma jamoasini boshqarishga rozi bo‘lgani sababli, ayni paytda “Real Madrid” qaytmasligi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Yurgen Klopp 2025 yil 1 yanvaridan beri to‘rtta klubdan iborat Red Bull futbol divizionida futbol operatsiyalari bo‘yicha rahbar lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 12 yanvar kuni “Real Madrid” Xabi Alonso iste’foga chiqqanini hamda uning o‘rniga Alvaro Arbeloa bosh murabbiy etib tayinlanganini rasman e’lon qilgan edi. Xabi Alonso jamoani 2025 yil yozidan buyon boshqarib kelgan. Uning rahbarligida “qirollik klubi” barcha musobaqalarda 34 ta uchrashuv o‘tkazib, 24 tasida g‘alaba qozongan, 4 ta o‘yinni durang bilan yakunlagan va 6 ta bahsda mag‘lub bo‘lgan.
Live
Barchasi