“Roma” Shomurodov bilan shartnomani uzaytiradi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovning Rimning “Roma” klubi bilan hamkorligi muddati uzayishi mumkin. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, “bo‘rilar” 29 yoshli hujumchi bilan 2027 yilga qadar shartnoma tuzadi. Shomurodovning “Roma” bilan joriy shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Tez orada tomonlar yangi shartnoma tuzilganini e’lon qilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Shomurodov joriy mavsum Rim klubi safida jami 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishni uddaladi. Uning transfer narxi 5 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Roma Eldor Shomurodov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing