“Roma”ni “qaqshatgan” futbolchi Xolandning sherigi bo‘lib chiqdi

Sport

image

UEFA Konferensiyalar ligasi guruh bosqichining 3-turida “Bude-Glimt” safida “Roma”ga qarshi bahsda dubl qayd etgan norvegiyalik  hujumchisi Erik Butxeym Erling Xolandning rep sherigi hisoblanadi.

Gap shundaki, 13 yoshida do‘stlashgan Butxeym va Xoland 2016 yilda Erik Sandberg bilan “Flow Kingz” rep triosini tuzgan. Ular Erling Bundesligaga o‘tayotgan paytda ijtimoiy tarmoqlarga videolar joylashtirib uni ommalashtirishgan.

Eslatib o‘tamiz, Erik Butxeym Joze Morino murabbiyligidagi “Roma”ga qarshi bahsda dubl qayd etishdan tashqari, 3 ta golli uzatmani ham amalga oshirgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 21 oktyabr kuni Konferensiyalar ligasining 3-turida “Budyo-Glimt” “Roma”ni 6:1 hisobida mag‘lub etdi. “Aspmyura” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda Eldor Shomurodov 46-daqiqada maydonga tushgan edi. Norvegiyaliklar 7 ochko jamg‘argan va “C” guruhida birinchi o‘rinda bormoqda. Ikkinchi o‘rindagi “bo‘rilar” hisobida 6 ochko mavjud.
 


Maqola muallifi

Teglar

Roma UEFA Xoland Budyo Glimt Botxeim

Baholaganlar

124

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing