Rodrigoning “Real”dagi kelajagiga oydinlik kiritildi

Sport

image

“Real” hujumchisi Rodrigo “Manchester Siti” qiziqish bildirayotganiga qaramay, Madrid klubida qoladi. Bu haqda futbol jurnalisti Rodra X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, “Real Madrid” Rodrigoni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi va unga yangi mavsumda asosiy o‘yinchilardan biri sifatida ishonmoqda. 23 yoshli forvardning atrofidagilar unga boshqa klub haqida o‘ylamasligini aytgan. 

Qayd etilishicha, klub braziliyalik futbolchiga standart o‘yinlar bo‘yicha to‘liq erkinlik berishga tayyor.

Dastlab, Rodrigo Kilian Mbappe jamoasiga o‘tganidan keyin jamoadagi o‘rnini yo‘qotishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar yangragandi, biroq “Real” har ikki futbolchiga asosiy tarkibdan joy kafolatlamoqchi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Rodrigo barcha musobaqalarda 51 ta o‘yinda qatnashib, 17 ta gol urdi va 9 ta golga assistentlik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 100 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Manchester Siti Rodrigo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made