Rodri uchun Yevropaning ikki granti kurashmoqda – OAV

Sport

image

“Manchester Siti”ning ispaniyalik yarim himoyachisi Rodri Yevropaning top klublari – “Real Madrid” va PSJ jamoalari e’tiborini tortmoqda. Bu haqda “Fichajes” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Rodriga bilan ikki yirik klub “Real Madrid” va “Pari Sen-Jermen” qiziqish bildirgan. Shu bilan birga, “Siti” yarim himoyachiga jamoaning yetakchilaridan biri sifatida qolishiga umid qilmoqda. 2024 yilgi “Oltin to‘p” sohibi yaqinda olgan jiddiy jarohatiga qaramay, “shaharliklar” uchun muhim shaxs bo‘lib qolmoqda.

“Real Madrid” ispaniyalik futbolchining ahvolini anchadan beri kuzatib kelmoqda va uni yarim himoyasini kuchaytirish uchun ideal nomzod sifatida ko‘rmoqda. PSJ esa Rodrini jamoasining ham ichki, ham xalqaro maydonlarda sovrinlarga intilishida muhim figura sifatida ko‘rmoqda.

Ma’lumot uchun, Rodrining “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilda yakunlanadi. “Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, ispaniyalik yarim himoyachining hozirgi bozor qiymati 75 million yevroga baholanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

PSJ “Manchester Siti” “Real Madrid” Rodri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing