Robaxon Mahmudova Oliy sudi raisiga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi
Jamiyat
−
13 iyul 2020
8425Robaxon Mahmudova rasman O‘zbekiston Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari etib saylandi. Bu bo‘yicha Oliy Majlis Senatining tegishli qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Robaxon Anvarovna Mahmudova 10 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga saylandi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi.
Ma’lumot uchun, Robaxon Mahmudova 1958 yilda Farg‘onada tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi raisi vazifasida ishlagan. 2020 yil yanvarigacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona viloyati Xalq qabulxonasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
LiveBarchasi