Robaxon Mahmudova lavozimidan ozod etildi

Jamiyat

image

Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari Robaxon Mahmudova o‘z vazifasidan ozod etildi. Bu haqda bugun, 19 yanvar kuni Senatning 49-yalpi majlisida ma’lum qilindi.

Bildirilishicha, u boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan. Senatorlar Mahmudovaning lavozimidan ozod etilishini bir ovozdan ma’qulladi.

Ma’lumot uchun, Robaxon Mahmudova 1968 yili Farg‘onada tug‘ilgan. U mehnat faoliyati davomida quyi sudlardan boshlab, Oliy sud sudyasigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. 2017-2020 yillarda O‘zbekiston Prezidentining Farg‘ona viloyatidagi Xalq qabulxonalari mudiri lavozimida ishlagan.

2020 yil yanvar oyida IV chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatori, Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi etib saylangan. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining 2020 yil 13 iyuldagi qarori bilan Robaxon Mahmudova O‘zbekiston Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari etib saylangan.

Eslatib o‘tamiz, Mahmudova 2023 yilda O‘zbekiston prezidentligi saylovida nomzod sifatida ishtirok etgan va  4,43 % ovoz olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Robaxon Mahmudova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing