Prezident Oliy sud raisligiga Robaxon Mahmudova nomzodini ko‘rsatdi
Jamiyat
−
18 iyun 4288 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Robaxon Anvarovna Mahmudovani O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimiga saylash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdimnoma kiritildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining matbuot kotibi xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Robaxon Anvarovna Mahmudova –O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengashining raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi “Adolat” SDP fraksiyasi rahbari.
1958 yil 9 noyabrda Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. 1983 yilda Toshkent davlat universitetining “Huquqshunoslik” fakultetini tugatgan. Mehnat faoliyati davomida Farg‘ona viloyati Xalq qabulxonasi mudiri, Oliy Majlis Senati Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi, O‘zbekiston Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari — ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimlarida ishlagan. 2023 yilda u “Adolat” partiyasidan navbatdan tashqari prezident saylovida ishtirok etgan va 4,43 foiz ovoz to‘plab, davlat rahbari etib qayta saylangan Shavkat Mirziyoyevdan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan. Saylovoldi kampaniyasi va saylovlar davrida uning sudyalik vakolatlari to‘xtatib turilgan.
Live
BarchasiAQSH va Eron memorandum imzoladi
18 iyun