Prezidentlikka nomzod Robaxon Mahmudova saylovda ovoz berdi

Jamiyat

image

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Robaxon Mahmudova 21-saylov uchastkasiga oilaviy tashrif buyurib, ovoz berish jarayonida ishtirok etdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi Axborot xizmati xabar berdi.

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan mazkur saylov uchastkasida ro‘yxatga olingan jami saylovchilar soni 1470 nafarni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, saylovda ovoz berish soat 08:00 dan 20:00 gacha o‘tkaziladi. Shuningdek, soat 20:00 ga qadar saylov uchastkasiga yetib kelgan, biroq hali ovoz berishga ulgurmagan saylovchilarga ovoz berish uchun imkoniyat beriladi.

Saylov o‘zi nimaligi, saylovlar tarixi haqida QALAMPIR.UZ'ning quyidagi maqolasida o‘qishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

saylov Robaxon Mahmudova Prezidentlikka nomzod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing