Robaxon Mahmudova “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi bo‘ldi
Jamiyat
−
20 yanvar 2024 6212 1 daqiqa
Robaxon Mahmudova “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining Siyosiy Kengashi raisi lavozimiga saylandi. Bu haqda bugun, 20 yanvar kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan partiya Siyosiy Kengashining XII Plenumida ma’lum qilindi.
Plenumda partiya Siyosiy Kengashi hamda Ijroiya qo‘mitasi a’zolari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, senatorlar, mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan.
Tadbirda tashkiliy masala ko‘rilib, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi raisi Bahrom Abduhalimov o‘z arizasiga muvofiq Siyosiy Kengash a’zolarining ochiq ovoz berish yo‘li bilan partiya Siyosiy Kengashi raisi lavozimidan ozod etildi.
"Mahmudova Robaxon Anvarovna partiya Siyosiy Kengashi raisi lavozimiga Siyosiy Kengash a’zolari tomonidan ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylandi", deb xabar berdi partiya matbuot xizmati.
Shuningdek, plenumda partiya Siyosiy Kengashi va Ijroiya qo‘mitasi a’zolari tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalasi ham ma’qullangan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 19 yanvar kuni Senatning 49-yalpi majlisida Robaxon Mahmudova Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari vazifasidan ozod etilishi bir ovozdan ma’qullangandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025