Odamlar kimni, qachon saylashini biladimi?

Jamiyat

Bundan bir muddat avval QALAMPIR.UZ jamoasi O‘zbekistonda prezidentlik saylovi qachon o‘tkazilishi, nomzodlarni odamlar tanish-tanimasligi bo‘yicha ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazgan edi. Unda ko‘plab odamlar prezidentlik saylovi qachon bo‘lishini bilmasligini, nomzodlarni ham deyarli tanimasligini aytgan edi. Mana O‘zbekistonda prezidentlik saylovi boshlanishiga 10 kun qoldi. Xo‘sh, endi odamlar prezidentlik saylovi qachon bo‘lishini biladimi? Nomzodlarni taniyaptimi? To‘g‘rirog‘i, targ‘ibot ishlari o‘zini oqlayaptimi. Bu savollar bilan QALAMPIR.UZ muxbiri yana odamlarga yuzlandi.

Quyida umumlashgan javoblarning bir nechtasini keltiramiz:

“9 iyulda bo‘ladi. Nomzodlardan esa faqat Mirziyoyevni taniyman”;

“Saylov iyulda bo‘ladi, lekin aniq sanasini bilmayman. Nomzodlardan faqat Prezident Mirziyoyevni bilaman, boshqa hech kimni tanimayman”;

“Saylov qachon ekanini bilmayman. Nomzodlarni ham tanimayman”.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Ulug'bek Inoyatov Robaxon Mahmudova prezidentlik saylovi Abdushukur Hamzaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing