Rivojlanayotgan mamlakatlarni iqtisodiy qiyinchiliklar kutmoqda 

Olam

image

Moliyaviy tartibsizliklar va global iqtisodiyotning sekinlashuvi sharoitida rivojlanayotgan mamlakatlar yillar davomida iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi (UNCTAD)ning kecha, 12 aprel kuni e’lon qilingan yangi hisobotida aytildi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, hozirda jahon iqtisodiyotining o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlari pandemiya va hatto jahon iqtisodiy inqirozigacha bo‘lgan vaqtdan ham pastroq. UNCTAD’ning so‘nggi hisob-kitoblari 2023 yilda jahon iqtisodiyoti 2,3 foizgagina o‘sganini ko‘rsatgan.

Iqtisodchilarning ogohlantirishicha, yuqori inflyatsiya va foiz stavkalarining oshishi kelgusi yillarda rivojlanayotgan mamlakatlarda 800 milliard dollardan ortiq daromadning qisqarishiga olib keladi.

Shuningdek, mazkur davlatlar o‘sib borayotgan tashqi qarz, oziq-ovqat narxlarining ko‘tarilishi va xalqaro yordamning yetishmasligi bilan duch keladi.

UNCTAD ma’lumotlariga ko‘ra, 81 ta rivojlanayotgan davlat 2022 yilda xalqaro zaxiralardan 241 milliard dollar yo‘qotgan, ularning ko‘pchiligi o‘zlarining qo‘shimcha maxsus qarz olish huquqlari zaxiralarini ham tugatgan.

Shu bilan birga, 68 ta rivojlanayotgan bozorlar uchun qarz olish qiymati 5,3 foizdan 8,5 foizgacha o‘sgan. Shuning uchun UNCTAD rivojlanayotgan mamlakatlarga tashqi kreditorlar tomonidan bosim kuchayishini prognoz qilmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, muhim qarzlar rivojlanish inqiroziga va undan ham kattaroq tengsizlikka olib keladi. O‘nlab mamlakatlar kreditorlarga yangi olgan qarzlaridan ko‘ra ko‘proq to‘laydi.

UNCTAD ta’kidlashicha, bugungi kunda tashqi qarzga xizmat ko‘rsatishga sog‘liqni saqlashdan ko‘ra ko‘proq mablag‘ sarflayotgan mamlakatlar soni 62 taga yetgan. Taqqoslash uchun o‘n yil oldin ularning soni 34 ta bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

BMT inflyatsiya tashqi qarz iqtisodiy qiyinchilik global iqtisodiyot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing