Ringdan siyosatga. Makgregor prezident bo‘lmoqchi

Sport

image

Irlandiyalik professional aralash jang ustasi, sobiq UFC chempioni Konor Makgregor 2025 yildagi prezidentlik saylovlarida nomzodini qo‘ymoqchi. U bu haqida o‘zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Sportchining qayd etishicha, agar u saylovda g‘alaba qozonsa, u emas, balki, butun Irlandiya xalqi hokimiyat tepasiga keladi. 

Makgregor raqiblari haqida fikr yuritar ekan, o‘zini “kamtarlik” bilan maqtashni ham unutmadi:

“Jerri Adam – 78 yosh, Berti Ahern – 75 yosh, Enda Kenni – 74 yosh. Ular partiyalaridan tashqaridagi jamoatchilik o‘zini qanday his qilishidan qat’i nazar o‘z partiyasining siyosati bilangina bog‘lanib qolgan. Ular xalqni emas, ko‘proq o‘zlarini o‘ylaydi. Boshqa tarafda esa mana men borman. 35 yoshdaman – o‘yinda yosh, faol, ehtirosli, qoni qaynoq, eshita oluvchi, qo‘llab-quvvatlovchi va moslashuvchan”, deydi Makgregor.

U o‘zining tarafsizligi, hech bir partiyaga a’zo emasligini alohida urg‘ulagan. 

“Menda hech qanday partiyaviylik, tarafkashlik yoki tarafdorlik yo‘q. Agar  g‘alaba qozonsam prezident sifatida hokimiyat tepasida men emas, Irlandiya xalqi bo‘ladi. Bu men va siz degani”, deydi sportchi.

Bir kun avval esa Makgregor ijtimoiy tarmoqlarga qo‘ygan surati ostiga “Irlandiya, sizning prezidentingiz” degan yozuv bilan post joylagandi. 

Ma’lumot uchun, Irlandiyani 2011 yildan buyon Prezident Maykl Xiggins boshqarib kelmoqda va 82 yoshda. Mamlakatda kelgusi prezident saylovi 2025 yilda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, amerikalik aktyor Arnold Shvarsenegger ham AQSHda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi saylovlarda ishtirok etmoqchi ekanligini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Konor Makgregor Irlandiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made