Rimdagi portlashda 21 kishi jabrlandi
Olam
−
04 iyul 2025 7260 1 daqiqa
Bugun, 4 iyul kuni Italiya poytaxti Rim shahridagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘lib, 21 kishi jabrlandi. Bu haqda “Il Messaggero” gazetasi xabar berdi.
“Ayni damda 21 kishi jabrlangan, asosan qutqaruvchilar va huquq-tartibot idoralari xodimlari”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, portlash oqibatida bir necha binolar va “o‘nlab mashinalar” zarar ko‘rgan. Portlash sodir bo‘lgan joyga tutashgan mahallalardan aholi evakuatsiya qilingan.
Gazetaning yozishicha, portlash yuk mashinasining quvurga qulagani sababli sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng yong‘in kelib chiqib, yoqilg‘ining portlashiga olib kelgan.
Live
Barchasi