Rim yaqinidagi o‘q-dorilar zavodida kuchli portlash yuz berdi (video)
Olam
−
10:37 821 2 daqiqa
Italiyaning Rim shahri janubi-sharqidagi Kolleferro yaqinida joylashgan o‘q-dorilar zavodida kecha, 13 avgust kuni kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, avval zavodda yong‘in chiqqan. O‘t o‘chiruvchilar va politsiya voqea joyida bo‘lgan paytda esa kuchli portlash sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida hech kim jarohatlanmagan. Kolleferrodagi zavod KNDS kompaniyasining shu’ba korxonasi KNDS Ammo Italy tomonidan boshqariladi.
Kolleferro meri Julio Kalamita jurnalistlarga bergan intervyusida zavod yozgi ta’til sababli yopiq bo‘lgan paytda portlash yuz berganini ta’kidladi.
“Agar bu voqea zavod ishlayotgan paytda sodir bo‘lganida, bu fojia bo‘lishi mumkin edi”, dedi u.
KNDS bayonotida hodisaning kelib chiqish sabablari va boshqa tafsilotlar hozirda voqea joyidagi mutaxassislar tomonidan o‘rganilayotgani bildirildi.
Korxonada quruqlik va dengiz mudofaa tizimlari uchun o‘rta va katta kalibrli o‘q-dorilar, shuningdek, aerokosmik uchirish qurilmalari uchun qattiq yonilg‘i ishlab chiqariladi.
Yevropa Ittifoqi hujjatlarida KNDS Ammo Italy 2023 yilda Yevropa mudofaa agentligi tomonidan 155 millimetrli o‘q-dorilar ishlab chiqarish bo‘yicha tuzilgan kelishuvlar doirasidagi pudratchilardan biri sifatida qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Long March 7A” raketa-tashuvchisi Xitoy janubidagi Xaynan orolida joylashgan Venchan kosmodromidan uchirilganidan ko‘p o‘tmay portlab ketgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi