Rim papasi Qozog‘istonga keldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Bugun, 13 sentyabr kuni Rim papasi Fransisk Qozog‘istonga keldi. Poytaxt Nur-Sultondagi xalqaro aeroportda Rim papasini shaxsan Qozog‘iston Respublikasi Qosim-Jomart To‘qayev shaxsan kutib oldi. 

Pontifik Qozog‘istonga Jahon va an’anaviy dinlar yetakchilarining VII qurultoyida ishtirok etish uchun kelgan. 

Uchrashuv chog‘ida davlat rahbarlari ikki mamlakat delegatsiyalari a’zolarini bir-biriga tanishtirdilar, so‘ng Prezident terminalining Kamin zalida Qozog‘iston rahbari va katolik cherkovi rahbari qisqacha suhbatlashdi. 

Uchrashuv yakunida martabali mehmon korteji Oqorda saroyiga yo‘l oldi. 

Shuningdek, bugunning o‘zida To‘qayev Nur-Sultonga kelgan Quddus Patriarxi Teofil III, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Allohshukur Poshozoda va Al-Azhar universiteti oliy imomi Ahmad at-Toyibni qabul qilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Qosim-Jomart To'qaev Frantsisk

Baholaganlar

509

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing