Riberi qachonlardir Ronaldu va Messidan kuchli bo‘lganini iddao qildi

Sport

image

Mashhur yarim himoyachi Frank Riberining fikricha, u faoliyatining qaysidir bosqichida yer sayyorasdagi eng yaxshi futbolchi bo‘lgan.

“Men va Robben bir paytlar Ronaldu va Messidan yaxshiroq edik, deb o‘ylayman. Ammo ular “El-Klasiko”da bir-birlariga qarshi to‘qnash kelishdi. Bu ularning foydasiga ishladi, chunki tomoshabinlar bizdan ko‘ra ikkisini ko‘proq kuzatishdi”, deydi Riberi.

Ayni damda Frank Riberi Italiyaning “Salernitana” jamoasida to‘p surmoqda. Joriy mavsumda yettita o‘yinda maydonga tushgan 38 yoshli fransiyalik futbolchi ikkita golli uzatmani amalga oshirgan. Jamoa A Seriya turnir jadvalida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Frank Riberi 2013 yilda “Bavariya” bilan Bundesliga, Germaniya kubogi, UEFA chempionlar ligasi, UEFA superkubogi va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida zafar quchgan. O‘sha mavsum yakunida “Oltin to‘p” sovrini Krishtianu Ronalduga nasib etgandi.

Ma’lumot uchun, Riberi klublardagi faoliyati davomida 614 uchrashuvda maydonga tushgan va 151 gol urib, 223 golli uzatmani amalga oshirgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Krishtianu Ronaldu Frank Riberi A Seriya Bundesliga

Baholaganlar

22

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing