RF qo‘shni davlatlar xavfsizligi uchun mas’ulligini esdan chiqarmaydi — Putin

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya qo‘shni davlatlarning xavfsizligi uchun javobgarlikni unutmaydi va mintaqaviy mojarolarning eskalatsiyasiga o‘z hissasini qo‘shishda davom etadi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha Moskva konferensiyasida aytib o‘tdi.

U Rossiyani qo‘shni mamlakatlar bilan “ajralmas tarixiy, madaniy va insoniy aloqalar” orqali yaqinlashtirayotganini eslatib o‘tdi.

“Biz mintaqaviy mojarolarning keskinlashuviga, umumiy qit’amizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga o‘z hissamizni qo‘shishda davom etamiz”, degan Putin konferensiya ochilishidagi nutqida.

Putinga ko‘ra, mintaqaviy ziddiyatlarni Rossiyaning faol ko‘magi bilan hal etish global xavfsizlikni ta’minlashning muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Rossiya rahbari RFning harbiy yordami tufayli Suriyaning aksariyat hududlarini xalqaro terrorchilardan ozod qilish mumkin bo‘lganini esladi. Eron va Turkiya bilan birgalikda siyosiy va diplomatik muzokaralarning boshlanishi barqarorlashtirish jarayonini boshlashga imon bergani ta’kidlandi. Putin shu bilan birga, Rossiya Tog‘li Qorabog‘dagi mojaroga hal qiluvchi hissa qo‘shganini ham yodga oldi.

“Rossiya tinchlikparvar kuchlari mintaqadagi tinchlik va xavfsizlikni ishonchli tarzda kafolatlaydi, gumanitar vaziyatni yaxshilash, hududni minalardan tozalash va ijtimoiy infratuzilmani tiklash bo‘yicha ko‘p ishlarni amalga oshirmoqda”, degan Putin.

Putin shuningdek, Rossiya NATO mamlakat chegaralarida harbiy salohiyati va infratuzilmasini o‘stirib borayotganidan xavotirga tushmay qolmasligini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

316

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing