Respublikadagi barcha IIB FMBlar dam olish kunisiz ishlaydi

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkent shahridagi tuman IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari dam olish kunisiz ishlashi haqida xabar bergan edik.

Bugun, 20 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi barcha viloyat, shahar, tuman IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalari (bo‘limlari) yakshanba kuni ham ishlashini ma’lum qildi.

“Hurmatli fuqarolar!

O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyat, shahar, tuman IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalari (bo‘limlari)da biometrik pasport hamda xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish uchun hujjat topshirish va tayyor bo‘lgan pasportlarni olish bo‘yicha fuqarolarni dam olish kunlari ham soat 8:00 dan 20:00 gacha qabul qilish joriy etildi.

Shu munosabat bilan, nobiometrik pasportini biometrik pasportga almashtirmagan fuqarolarga yaratilgan imkoniyatdan unumli foydalanishni tavsiya etamiz”, deyiladi Vazirlik xabarida.

Shuningdek, eski namunadagi (nobiometrik) pasportning O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qilish muddati 2019 yil 31 dekabrgacha belgilanganligi eslatib o‘tilgan.


Maqola muallifi

Teglar

IIV pasport

Baholaganlar

22

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing