Harbiylar Sardoba fojiasini bartaraf etishda jonbozlik ko‘rsatmoqda (fotoreporataj)
Jamiyat
−
04 may 2020
10406Mudofaa vazirligi tarkibidagi okruglar, jumladan, Markaziy harbiy okrug qo‘shinlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar ham sirdaryoliklarga ko‘mak berish maqsadida Sardoba tumaniga yetib keldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga harbiy jurnalist G‘ayrat Madrahimov ma’lum qildi.
2 may kuni okrug qo‘mondonligi boshchiligida yetib kelgan 2000 dan ziyod harbiy xizmatchilar “Qo‘rg‘ontepa” va “Soflik” mahallasidagi keng ko‘lamli ishlarga jalb qilingan. Shuningdek, okrug tasarrufidagi 200 ga yaqin harbiy texnikalar tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda ham qo‘l kelmoqda. Buning natijasida aksariyat oilalar o‘z uylariga qayta boshladi.
Jizzax, Samarqand hamda Kattaqo‘rg‘on garnizonlaridan tashrif buyurgan harbiy xizmatchilar ertalab soat 06.00 da 22.00 ga qadar uylarni qayta ta’mirlash, suv chiqarish, yo‘llarni ochish va boshqa ishlarga ko‘ngilli ravishda yordam berishmoqda.
Bundan tashqari, okrug radiatsion kimyoviy biologik muhofaza bo‘linmalari, psixologlar hamda tibbiyot puktti xodimlari tomonidan aholi salomatligi tekshirilib, fuqarolar vaqtincha joylashgan joylar dizenfeksiya qilinmoqda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr